» » Markaziy isitish tizimidan voz kechish mumkinmi?

Markaziy isitish tizimidan voz kechish mumkinmi?


Qish eshik qoqqanda isitish mavsumi muhim masalaga aylanadi. Ammo markaziy isitish tizimi faoliyati ko‘p qavatli uylarda yashaydigan aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirmaydi. Agar isitish tizimi qabul qilingan me’yorlarga javob bermasa, ushbu xizmatdan yakka tartibda voz kechish mumkinmi?

Ushbu savolga “Toshissiqquvvati” DUK “Issiqliksotish” boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchi K. Nazarov “Pravda Vostoka” nashriga taqdim etgan izohida javob berdi:

“Ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlash xizmatini ko‘rsatish qoidalarining 15 hamda 88-bandlariga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarda alohida turar va noturarjoy qismlarida ichki issiqlik tizimi va issiq suv ta’minotidan uzish taqiqlanadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, elektr, issiqlik, tabiiy gaz yoki suv umumiy foydalanish tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulanish, elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq va issiq suv hisoblagichlarini atayin yaroqsiz holga keltirish, shuningdek, ularning muhrini buzish, ko‘rsatkich raqamini o‘zgartirish kabilar uchun eng kam ish haqining 25 barobaridan 75 barobarigacha jarima solinadi. Shuningdek, 240 soat majburiy jamoat ishlariga yoki bir yilgacha axloq tuzatish jalb qilinadi”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют