» » O‘FF va “Paxtakor” prezidentlari The Best Football Awards’da ishtirok etish uchun Londonga jo‘nab ketdi

O‘FF va “Paxtakor” prezidentlari The Best Football Awards’da ishtirok etish uchun Londonga jo‘nab ketdi


FIFA prezidenti Janni Infantino O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov va tashkilot Ijroqo‘mi vakili Bobur Shodiyevni The Best Football Awards marosimiga taklif qildi. Ular 23-oktabr kuni London mezbonlik qiladigan taqdirlash kechasida rasmiy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Bir vaqtning o‘zida “Paxtakor” klubi prezidenti ham bo‘lgan Bobur Shodiyev va O‘zbekiston futboli boshchisi Umid Ahmadjonov tashrif davomida bir qator mamlakatlar futbol federatsiyalari rahbarlari bilan uchrashib, fikr almashishni rejalashtirgan. Ular orasida Angliya Futbol Uyushmasi prezidenti Greg Klark ham bor.

The Best sovrini Ballon d’OR, ya’ni, “Oltin to‘p” marosimining o‘rniga ishlab chiqilgan bo‘lib, bir yil muqaddam uning ilk na’munasi “Real” futbolchisi Krishtianu Ronalduga nasib qilgandi. Bungacha FIFA va France Football bir necha yillar davomida “Oltin to‘p”ni birga o‘tkazib kelayotgandi. 2016-yilgi mavsumdan e’tiboran esa Fransiya nashri o‘zi alohida ajralib chiqishni istadi va o‘zi ta’sis etgan sovrinni olib ketdi. FIFA esa unga muqobil tarzda The Best nominatsiyasini joriy qildi.

Tadbirga ilk bor Londondagi “Palladium” teatri mezbonlik qiladi. Unda dunyo futbolining eng oldi kishilari va yulduz futbolchilar mehmon sifatida ishtirok etadi. FIFA sayti va tashkilotning YouTube rasmiy kanali marosimni jonli translyatsiya qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют