» » Buyuk Britaniya Raqqa shahri aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 13 mln dollar ajratdi

Buyuk Britaniya Raqqa shahri aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 13 mln dollar ajratdi


Buyuk Britaniya IShID jangarilaridan ozod qilingan Raqqa shahri aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 10 million funt (13,2 million dollar) ajratdi. Bu haqda mamlakat xalqaro taraqqiyot vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Xalqaro hamjamiyat Suriyada tinch hayot tiklanishida faol yordam berishi o‘ta muhim. Shu bois Buyuk Britaniya hamma narsadan mahrum bo‘lgan ko‘plab suriyaliklarga yordam bermoqda”, — dedi vazir Priti Patel.

Qirollik Raqqaga minadan tozalash vositalari, dori-darmon va tashxis jihozlari yetkazib beradi. Britaniyalik mutaxassislar 145 ming tibbiy maslahat o‘tkazish va 1,6 ming kishiga ruhiy yordam ko‘rsatishga safarbar etiladi.

Shuningdek, kam ta’minlangan suriyaliklar birinchi ehtiyoj buyumlaridan iborat 31 mingta to‘plam tarqatiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют