» » Toshkent IIBB yuridik kollejdagi pichoqbozlikdan so‘ng poytaxtdagi barcha kollej va litseylarni ommaviy tekshiruvdan o‘tkazmoqda

Toshkent IIBB yuridik kollejdagi pichoqbozlikdan so‘ng poytaxtdagi barcha kollej va litseylarni ommaviy tekshiruvdan o‘tkazmoqda


Toshkent ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtdagi barcha kollej va litseylarni ommaviy tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Bahodir Qurbonov ma’lum qildi, deb xabar beradi 1News.

Uning aytishicha, bu Toshkent yuridik kollejida yaqinda ro‘y bergan pichoqbozlik holatiga nisbatan javob choralari bo‘ldi. Davlat rahbari talabiga ko‘ra, kollejlarda profilaktika inspektorlari uchun alohida xona ajratilgan bo‘lib, u o‘sha yerda o‘tirishi va ishlashi lozim. Inspektorlar boshqarma buyrug‘i bilan har bir kollejga biriktirilgan.

“Toshkent shahridagi 115 kollej va litseyda o‘quvchilar ishtirokida 2016—2017-yillarda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinmoqda. Ularning natijalarini oshkor etib o‘tirmoqchi emasman, biroq Toshkentda umuman hech qanday salbiy hodisalar yuz bermagan kollejlar bor. Ularda tartib-intizom o‘ta qattiq, forma kiyiladi, qo‘shimcha mashg‘ulotlar bor”, — ta’kidladi boshqarma boshlig‘i.

“Yuridik kollej direktori o‘z o‘g‘li va qizini o‘qituvchi sifatida rasmiylashtirsa, biz o‘quvchilar davomatini tekshirish bilan ovora bo‘lsak, ammo o‘qituvchilarning o‘zi ishga kelmasa nimani talab qilish mumkin?” — dedi Bahodir Qurbonov.

Ma’lumot uchun, Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova hodisa sodir bo‘lganidan keyinoq, 2017-yil 7-oktabrda ishdan bo‘shatildi. Poytaxt prokuraturasi tomonidan unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют