» » Qonunchilik va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Qonunchilik va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur bitim tomonlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik subyektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Hamkorlik bitimida xususiy mulkchilikni va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ekspert guruhlarini shakllantirish, Qonunchilik palatasida qabul qilinadigan qonun loyihalarining ishlanishi va qabul qilinishi jarayonlariga Savdo-sanoat palatasi vakillarini jalb etish, shuningdek, joylardagi haqiqiy holat hamda qonun hujjatlarini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishda palata vakillari bilan hamkorlikda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.

Bitimda tadbirkorlik sohasiga oid qonun loyihalari ishlab chiqilishida ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha xulosalar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etilishi belgilandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют