» » “Liverpul inqirozi”. “Tottenhem” Klopp jamoasiga 4 ta, “Arsenal” Kuman jamoasiga 5 ta gol urishni uddaladi

“Liverpul inqirozi”. “Tottenhem” Klopp jamoasiga 4 ta, “Arsenal” Kuman jamoasiga 5 ta gol urishni uddaladi


Angliya Premyer-Ligasida 9-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Turning ikki markaziy o‘yini kecha — 22-oktabr oqshomida bo‘lib o‘tdi.

Chempionlik uchun kurash olib borayotgan Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi. Natijada “shporlar” mazkur turda debyutant klubdan yengilgan “Yunayted” bilan tenglashib oldi.

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, TOP-6 klublardan ochko olish borasida peshqadam bo‘lgandi. Joriy mavsumda “mersisayd” klubi mana shunday 4 ta uchrashuv o‘tkazdi. “Arsenal” 4:0 hisobida taslim etilgan bo‘lsa, “Yunayted” bilan golsiz durang o‘ynaldi. O‘tgan mavsumni “Liverpul”dan yuqoriroq o‘rinda yakunlagan ikki klub maydonida esa yirik mag‘lubiyatlar kuzatildi — “Siti” 0:5, “Tottenhem” 1:4.

Londonning “Arsenal” klubi mazkur turda yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, hamshahri “Chelsi” bilan tenglashib oldi. Bosh murabbiy Arsen Vengerning tug‘ilgan kunida “to‘pchilar” “Everton” darvozasiga 5 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi. Shu kuni Ueyn Runi mavsumdagi 4-golini urishga erishgandi. Ammo bu liverpulliklarga yordam bera olmadi.

Angliya Premyer-Ligasi
9-tur bellashuvlari
22-oktabr, yakshanba

Gollar: Ueyn Runi, 12 (1:0). Nacho Monreal, 40 (1:1). Mesut O‘zil, 53 (1:2). Aleksandr Lyakazett, 74 (1:3). Aaron Remzi, 90 (1:4). Baye Umar Nyass, 93+ (2:4). Aleksis Sanches, 95+ (2:5).
Chetlatish: Idrissa Guey, 68 (E).

Gollar: Harri Keyn, 4 (1:0). Son Xyon Min, 12 (2:0). Muhammad Saloh, 24 (2:1). Dele Alli, 48+ (3:1). Harri Keyn, 56 (4:1).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 05:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют