» » Napoli ilk bor ochko yoqotdi. Yuventus 6 ta gol urdi. Rim klublarida galaba, Milan klublarida durang

Napoli ilk bor ochko yoqotdi. Yuventus 6 ta gol urdi. Rim klublarida galaba, Milan klublarida durang


Italiya A seriyasida 9-tur bellashuvlari yakuniga yetdi. Uning markaziy oyinida turnir jadvalida dastlabki ikki orinni egallab turgan Napoli va Inter klublari ozaro toqnash keldi.

Neapollik futbolchilar ortda qolgan 8 ta turning barchasida zafar quchishga muvaffaq bolgandi. Luchano Spaletti shogirdlariga qarshi bellashuvda ular ilk bor ochko yoqotdi 0:0. Shu tariqa har ikki klub turnir jadvalida oz pozitsiyasini saqlab qoldi.

Turinning Yuventus klubi esa oz irodasini namoyish qila oldi. Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich uchrashuvning 26-daqiqasida maydondan chetlatilgan bolsa ham, Allegri jamoasi oyin yakuniga qadar gollari sonini 6 taga yetkazishga muvaffaq boldi. Italiyaning songgi 5 yillikdagi chempioni ayni paytda kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Poytaxt Rim klublari mazkur turda zafar quchdi. Roma Turindan galaba bilan qaytgan bolsa, Yevropa Ligasida 100 foizlik natija qayd etib turgan, ortda qolgan turlar davomida Milan, Yuventus kabilarni taslim qilolgan Simone Indzagi boshqaruvidagi Latsio Kalyaridan kelgan futbolchilarga imkoniyat qoldirmadi.

Montella boshqaruvidagi Milan hamshahri Inter kabi 1 ochko bilan kifoyalandi. Farqi Inter peshqadam maydonida 1 ochkolik boldi, Milan esa oz maydonida oddiygina Jenoani yenga olmadi. Shu tariqa bosh murabbiy Vinchentso Montellaning jamoadan ketkazilishi uchun yana bir qadam tashlandi. Mavsumning eng qimmat xaridlaridan biri bolgan Leonardo Bonuchchi mazkur turda maydondan chetlatildi.

Italiya A seriyasi
9-tur bellashuvlari
21-oktabr, shanba

22-oktabr, yakshanba

Gol: Aleksandr Kolarov, 69 (0:1).

Chetlatish: Leonardo Bonuchchi, 25 (M).

Gollar: Marko Benassi, 18 (0:1). Xouma Babakar, 47 (0:2). Siril Tero, 66-pen (0:3).

Gol: Andreas Kornelius, 71 (1:0).
Chetlatish: Jankarlo Gonsales, 81 (B).

Gollar: Stipe Peritsa, 8 (1:0). Samir, 14-avt (1:1). Sami Xedira, 20 (1:2). Danilo, 47 (2:2). Daniele Rugani, 52 (2:3). Sami Xedira, 59 (2:4). Sami Xedira, 87 (2:5). Miralem Pyanich, 90 (2:6).
Chetlatish: Mario Manjukich, 26 (Yu).

Gollar: Chiro Immobile, 7-pen (1:0). Chiro Immobile, 41 (2:0). Bashtush, 49 (3:0).

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (23-10-2017, 07:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -