» » “Uybor.uz” — uy xarid qilish va uni ijaraga olish biz bilan oson!

“Uybor.uz” — uy xarid qilish va uni ijaraga olish biz bilan oson!


Dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida, yirik megapolislarida turar-joy ijarasi odatiy hol sanaladi. PewResearchCenter kompaniyasining tadqiqotlariga ko‘ra, 2016-yilda AQShdagi 36,6 foiz oila ijara uylarida istiqomat qilgan. Bundan tashqari ijarada turgan oilaning 65 foiziga yaqinining oila boshlig‘ini yoshi 35 dan kichik. Ushbu ko‘rsatkich 1966-yildan buyon eng yuqori demakdir.

Toshkent shahrida turar-joy ijarasi so‘nggi vaqtlarda jadal rivojlandi. Aholi soni, mamlakatning boshqa hududlaridan kelayotgan mehmonlar, shuningdek, xorijliklar soni ortib bormoqda. Bularning barchasi kvartira ijarasiga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelmoqda.

“Uybor.uz” saytining ma’lumotlariga ko‘ra, ijaraga olinadigan uylarning asosiy qismi shahar infratuzilmasi nisbatan rivojlangan markaziy tumanlarga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, bu yerda xorijliklarga ijaraga berish maqsadida sotib olingan kvartiralar ham bisyor.

Eng talabgir va ijarasi qimmat bo‘lgan kvartiralar Oybek metro bekati, MUM, Grand Mir mehmonxonasi (sobiq Rossiya), “Gospitalniy bozori”, Nukus, Chexov, Shevchenko, Shota Rustaveli ko‘chalari, shuningdek, Ц-1, Ц-2 va boshqa hududlarda joylashgan.

Nisbatan qimmat, biroq ancha talabgir bo‘lgan kvartiralar Ц-4,5,6, “Hamza” hamda “Buyuk Ipak Yo‘li” metro bekatlarida atrofida joylashgan. Kvartira shahar chetiga yaqinroq bo‘lgani sari unga bo‘lgan talab va taklif ham kam bo‘ladi.

Sentabr oyida Toshkent shahridagi 1 kvadrat metr turat-joyning ijarasi oyiga 5,2 shartli birlikni tashkil etdi. Shu bilan birga, nisbatan qimmatroq tumanlar, masalan Mirobod tumanida ushbu ko‘rsatkich 7,5 shartli birlikni tashkil etgan bo‘lsa, Sergeli tumanida 2,5 sh.b.ga teng bo‘ldi.

Shuni inobatga olish kerakki, kvartiralar narxi uning maydoni, joylashgan hududi va markazga yaqinligi, ta’mirtalabligi, undagi mebel hamda jihozlariga bevosita bog‘liq. Quyida Toshkent shahridagi kvartiralarning necha xonaligidan kelib chiqqan holdagi narxi keltirilgan.

Ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish butun dunyoda eng samarali bizneslardan biri hisoblanadi. Birinchidan, sarmoyaning ushbu turi ijara haqi orqali muntazam daromad olishni kafolatlaydi. Bunda turar-joy ijarasi narxi tushib ketsa ham, odatda juda tez qayta tiklanadi. Agarda Toshkent shahridagi ijara bozorining hozirgi holatidan kelib chiqiladigan bo‘lsa (sotilayotgan kvartiraning bir kvadrat metri o‘rtacha 583 shartli birlik va o‘rtacha ijarasi 5,2 shartli birlik), ko‘chmas mulkka tikilgan sarmoyaning yillik daromadi 10,7 foizni tashkil etadi. Bu ko‘chmas mulk narxining o‘shishi va ijara daromadlarini qayta investitsiyalashni hisobga olmagan holda, albatta. Agarda Toshkentdagi ko‘chmas mulklar narxining o‘sishi kuzatilgudek bo‘lsa, bu sohadagi sarmoyalar odamlarni o‘ziga yaxshigina jalb etishi mumkin.

Agarsa Siz kvartira ijaraga olishni yoki ijarga bergan holda sarmoya tikishni xohlasangiz “Uybor.uz” Sizga yordam berishga va eng maqbul variantni topishishingizda ko‘maklashishga tayyor. Buning uchun www.uybor.uz saytiga o‘ting yoki ushbu havola orqali “Uybor” mobil dasturini tekinga yuklab oling.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют