» » Ko‘ngil ayniganda nima qilish kerak? 7 oddiy maslahat

Ko‘ngil ayniganda nima qilish kerak? 7 oddiy maslahat


Ko‘ngil aynishi hazm qila olmaslik, viruslar, yoqimsiz hidlar yoki stress natijasida paydo bo‘lishi mumkin. E’tiboringizga bu yoqimsiz holatni yengillashtirishga yordam beruvchi bir necha usullarni havola qilamiz.

Yotsangiz me’da suyuqligi qizilo‘ngachgacha ko‘tariladi va ko‘ngil aynish, noqulaylik holatlarini kuchaytiradi. Agar siz kislotali reflyuksdan aziyat cheksangiz, ovqatlanishdan keyin darrov yotish tavsiya qilinmaydi.

Shuningdek me’da bosilmasligi uchun qorin mushaklarini qismaslikka harakat qiling. Agar ko‘nglingiz ayniyotgan bo‘lsa, o‘tiring va iloji boricha kamroq harakat qiling.

Shunda siz yoqimsiz hidlardan qutulasiz va chalg‘iysiz. Toza havo ko‘ngil aynishni yengillashtiradi.

Ko‘ngil aynishda harorat ko‘tarilishi mumkin. Bir necha daqiqa bo‘yin orqasiga sovuq kompress qo‘ying. Bu haroratni tushirishga va ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi.

Ko‘ngil aynishi haqida qancha ko‘proq o‘ylasangiz, o‘zingizni shuncha yomonroq his qilasiz. Diqqatingizni kitobga yoki filmga chalg‘iting. Agar siz ishda bo‘lsangiz, bir necha marta chuqur nafas oling, keyin esa ishlaringiz bilan shug‘ullaning.

Ko‘ngil aynishi suvsizlanishning alomati bo‘lishi ham mumkin, lekin birdan ko‘p suyuqlik ichish yoqimsiz holatni faqat kuchaytiradi. Suyuqlikni butun kun davomida kichkina qultumlar bilan iching.

Moychechak — ko‘ngil aynishiga qarshi mashhur xalqona vosita. Bundan tashqari u tinchlantiradi va uxlashga yordam beradi. Bir piyola qaynoq suvga bir osh qoshiq moychechak gulidan soling, besh daqiqa damlab qo‘ying va iching.

Limon tarkibida hazm qilish uchun foydali bo‘lgan limon kislotasi mavjud. Agar ko‘ngil aynish ich qotish natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa, limon sharbati qo‘shilgan iliq suv ichaklarni yumshatishga yordam beradi. Faqat me’yoridan oshirib yubormang — limon kislotasining ortiqcha miqdori ko‘ngil aynishini kuchaytirishi mumkin.

Hatto limon hidi ham ko‘ngil aynishini ketkazishga yordam beradi. Efir moyi yoki kesilgan yangi limonni hidlang.

Agar ko‘ngil aynish xurujlari bir oy davomida o‘tib ketmasa, albatta shifokorga murojaat qiling.

Manba: “Zdorovie.com”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют