» » Yaponiyada tayfun tufayli 81 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilinadi

Yaponiyada tayfun tufayli 81 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilinadi


Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Fukusima prefekturasida yashovchi 81 mingdan ortiq fuqaro “Lan” tayfuni oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari xavfi tufayli evakuatsiya qilinadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Mahalliy hukumat o‘z saytida va SMS-xabarlar orqali fuqarolarni tayfun xavfidan ogohlantirmoqda. Ular fuqarolarga uy tomiga chiqib, yordam kutishni maslahat bermoqda.

Suv bosgan hududlarga qayiqlarda qutqaruv guruhlari yuborilgan. Ayrim hollarda esa qutqaruvchilar vertolyotlar yordamida aholini qutqarmoqda.

Yaponiyada “Lan” tayfuni oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 86 kishi esa jarohatlandi.

Fukuoka shahrida 63 yoshli mahalliy aholi vakillaridan biri kuchli shamol oqibatida ustiga qurilish to‘siqlari qulab tushishi oqibatida halok bo‘ldi.

Kisivada shahrida esa ayol kishi avtomobilida daryoga cho‘kib ketgan.

Mamlakatning turli hududlarida fuqarolar daraxt shoxlarining sinib tushishi va reklama bannerlarining qulashi oqibatida tan jarohatlari olgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют