» » Toshkentda XIII xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi

Toshkentda XIII xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi


Bugun, 23-oktabr kuni Toshkentda XIII xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi, deb xabar berdi UzDaily.

Besh kun davom etadigan yarmarkada jahonning 44 mamlakatidan 1,5 mingga yaqin mutaxassis qatnashadi.

Alohida mamlakatlarda paxta va to‘qimachilik sohalarini rivojlantirish, jahon paxta bozoridagi tendentsiyalar, savdo, logistika va sug‘urta sohalari bo‘yicha 16 ta mavzulashtirilgan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Paxta seleksiya navlarini yaratishda genetika, biotexnologiya, paxta yetishtirishda qishloq xo‘jaligi texnikasi, ularni zararkunanda va turli kasalliklardan himoya qilishga bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Paxtani dastlabki qayta ishlash sohasidagi muammolar va yutuqlarni ko‘rib chiqishga, paxta tolasining sifatini instrumental baholashga, to‘qimachilik mahsulotlarini qayta ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Yarmarka Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekyengilsanoat” AJ, Tashqi savdo vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi, “Sifat” o‘zbek markazi va boshqa manfaatdor tuzilmalar hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют