» » Yunusobodda chinni buyumlarni o‘g‘irlagan qiz kuzatuv kamerasi yozuvlari yordamida qo‘lga olindi

Yunusobodda chinni buyumlarni o‘g‘irlagan qiz kuzatuv kamerasi yozuvlari yordamida qo‘lga olindi


2017-yil 16-oktabr, dushanba kuni tushlik vaqtida Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish masadida jinoyatga qo‘l urdi, deb yozadi “Telegraf.uz”.

U tumandagi Chinobod ko‘chasida joylashgan omborxona eshigining qulfini buzib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va fuqaro B.T.Nga tegishli buyumlarni o‘g‘irlagan. Jumladan, 14 million so‘mlik “Madonna” nomli oshxona servisi, 950 ming so‘mlik “Bogemma” nomli servis, 400 ming so‘mlik risovarka va 200 ming so‘mlik grafinlarni o‘g‘irlab, fuqaroga jami 16 800 000 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida 19-oktabr kuni Chinobod ko‘chasida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi yozuvlari yordamida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi muqaddam sudlanmagan, voyaga yetmagan Z.Semirkulova ekani aniqlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют