» » Reyting: Kosmik chiqindilarni “ishlab chiqarish” bo‘yicha yetakchi davlatlar

Reyting: Kosmik chiqindilarni “ishlab chiqarish” bo‘yicha yetakchi davlatlar


Space Track ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Yer orbitasida 18 788 ta yirik texnogen obyektlar mavjud, ularning asosiy qismini (12 028 dona) raketa bo‘laklari tashkil etadi, deb xabar berdi National Geographic.

Shu bilan birga, Yevropa kosmik agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Yer orbitasida o‘lchami 1 santimetrdan katta bo‘lgan 750 mingdan ortiq obyektlar mavjud.

Kosmik chiqindini “ishlab chiqarish” bo‘yicha MDH, AQSh va Xitoy yetakchilik qiladi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Fransiya va Yaponiya ham o‘rin olgan.

Olimlar kosmik chiqindilar haqida 1970-yillardan buyon o‘ylab keladi. Amerikalik astrofizik Donald Kessler o‘sha vaqtda sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishidan hosil bo‘lgan chiqindilar “Yerning belbog‘i”ni hosil qilishini, bu esa yaqin koinotdan amaliy foydalanishni to‘liq yaroqsiz ahvolga lib kelishini aytgan.

Orbitadagi obyetlarning tezligi soniyasiga 11,7 kilometrni tashkil etadi, bu esa kosmik qurilmalar bilan to‘qnashish xavfini keltirib chiqaradi. 1983-yilda diametri 1 millimetrdan kichikroq bo‘lgan qum zarrasi shattl illyuminatoriga urilib jiddiy zarar yetkazgan edi.

Mavzuga doir: AQSh, Rossiya va Xitoy koinot chiqindilari bo‘yicha “rekordchi” davlatlar qatoriga kirdi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют