» » Ikki kun qoldi: Shuhrat Daryoning konsertoldi tayyorgarligidan fotoreportaj

Ikki kun qoldi: Shuhrat Daryoning konsertoldi tayyorgarligidan fotoreportaj


Xonanda Shuhrat Daryo 25—26-oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan  “Shabboda” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Jurnalist Feruz Muhammad konsertoldi tayyorgarlik jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.

Xonanda bundan avval jonli ijro ixlosmandlari uchun “Turkiston” san’at saroyida “Baxt kulib” deb nomlangan konsert dasturini ham taqdim qilgan edi. “Shabboda” xonandaning “Istiqlol” san’at saroyidagi ilk jonli ijrodagi dasturi hisoblanadi.

Ikki oydan ortiq vaqt mobaynida tayyorgarlik ko‘rilayotgan dasturning so‘nggi ishlarida xonandaning ham, sozandalarning ham kayfiyati a’lo darajada bo‘lib, har kim o‘z ishiga mas’uliyat va ko‘tarinki kayfiyat bilan yondashmoqda.

Xonanda mazkur dasturida tomoshabinni kuy va qo‘shiq sehridan uzoqlashtirayotgan har qanday jimjimadorlikdan voz kechishga qaror qilgan.

Shuhrat Daryoning “Turkiston” san’at saroyidagi konsert dasturiga ko‘p millatli muxlislar mehmon bo‘lishgani sababli, bu galgi konsertda chet tillarida kuylangan qo‘shiqlar ham jarang sochadi.

Dastur uch bo‘limdan iborat bo‘lib, bo‘limlar hech qanday qo‘shimcha vositalar bilan ajratilmaydi. Dasturda qiziqchilar, so‘z ustalari, raqqosalar ham bo‘lmaydi.

Dasturning yana bir mezboni, mohir sozanda — Ma’murjon Zilolov konsert kulminatsiyasida chiqish qilishi kutilmoqda. Hozircha sozanda qaysi sozlar ishtirokida chiqish qilishi sir tutilmoqda.

Dasturda O‘zbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf kabi shoirlarning bir-biridan dilbar she’rlariga murojaat qilingan taronalar kuylanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют