» » Xitoyda Ebola virusiga qarshi yangi vaksina ishlab chiqildi

Xitoyda Ebola virusiga qarshi yangi vaksina ishlab chiqildi


19-oktabr kuni Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari ustidan nazorat qilish davlat boshqarmasi tomonidan “Ebola virusiga qarshi qayta kombinatsiya qilingan yangi vaksina” ma’qullandi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.

Vaksina Xitoy tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, uning mualliflik huquqi mazkur mamlakatga tegishli.

Ebola virusiga qarshi qayta kombinatsiya qilingan vaksina harbiy-tibbiy fanlar akademiyasi va CanSino biologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi.

Xitoy bu safar vaksinani ma’qullash bilan birga immunitetni mustahkamlash usullarini ham o‘rgandi. Ebolaga qarshi yangi vaksina kukun shaklida bo‘lib, u Selsiy shkalasi bo‘yicha 37 darajagacha haroratda ta’sir kuchini saqlab qolish imkonini beradi.

Xitoy AQSh va Rossiyadan keyin xavfli Ebola virusiga qarshi vaksina ishlab chiqqan uchinchi davlat bo‘ldi.

Xitoyning kukunsimon vaksinasi xorijiy davlatlarning suyuq preparatlari bilan solishtirilganda transportda tashish va yuqori haroratda foydalanish yuzasidan qulayliklariga ega.

Ebola virusi ilk marta 1976-yilda aniqlangan edi. Uch yil avval G‘arbiy Afrikada Ebola epidemiyasi tarixidagi eng xavfli holat qayd etildi. Virus 11,3 ming nafar kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют