» » O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sohasidagi qonun loyihalarini baholaydi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik sohasidagi qonun loyihalarini baholaydi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi, deya xabar bermoqda “Biznes-daily”.

Hujjat Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov va Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov tomonidan imzolandi.

Hamkorlik bitimida xususiy mulkchilikni va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ekspert guruhlarini shakllantirish, Qonunchilik palatasida qabul qilinadigan qonun loyihalarining ishlanishi va qabul qilinishi jarayonlariga Savdo-sanoat palatasi vakillarini jalb etish, shuningdek, joylardagi haqiqiy holatni hamda qonun hujjatlarini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishda palata vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan.

Bitimga asosan tadbirkorlik sohasiga oid qonun loyihalari ishlab chiqilishida qonun loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha xulosalar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etib borilishi belgilangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют