» » Navalniy Sobchakning prezidentlik saylovida ishtirok etishi borasida: “Har bir inson saylovga borish huquqiga ega”

Navalniy Sobchakning prezidentlik saylovida ishtirok etishi borasida: “Har bir inson saylovga borish huquqiga ega”


Kseniya Sobchak Astraxandagi tarafdorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida prezidentlik saylovida ishtirok etish borasidagi rejasini ma’lum qilgandi. Muxolifatchi Aleksey Navalniy Kseniyaning bu harakatiga “har bir inson saylovga borish huquqiga ega”, deya javob berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Hamma saylovda ishtirok etish huquqiga ega. Kimdir menga ko‘proq yoqadi, kimdir esa kamroq. Zyuganov, Yavlinskiy, Sobchak, Navalniy — barcha saylovga borishi mumkin”, — deya Navalniyning so‘zlaridan parcha keltiradi “Dojd” telekanali.

Avvalroq, teleboshlovchi Kseniya Sobchakning 2018-yil 18-oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etish niyati borligi haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют