» » Yunusobod tumanida qariyb 16 million so‘mlik o‘g‘rilik fosh etildi

Yunusobod tumanida qariyb 16 million so‘mlik o‘g‘rilik fosh etildi


Toshkent shahri Yunusobod tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda xonadonga o‘g‘rilikka tushgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 16-oktabr kuni soat 09:00 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar 1997-yilda tug‘ilgan Yunusobod 8—29-uyda yashovchi N.Bning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, yotoqxonasidan 2 400 000 so‘mlik LG televizori, mehmonxonasida turgan 2 400 000 so‘mlik Samsung televizori, 8 000 000 so‘mlik HP noutbuki, 120 000 so‘mlik sichqoncha, 80 000 so‘mlik internet modemi, 800 000 so‘mlik Samsung mikroto‘lqinli pechi va 2 000 000 so‘mlik turli xildagi poyabzallarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 1982-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan Chilonzor tumani TXAY ko‘chasi 17-uyda yashovchi X.A va 1983-yilda tug‘ilgan Sirg‘ali tumani Do‘stlik 2—2-uyda yashovchi A.Shlar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida LG televizor, Samsung televizor, HP noutbuk, sichqoncha, internet modem, Samsung mikroto‘lqinli pech va turli xildagi poyabzallar olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqarolar X.A va A.Shlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют