» » Indoneziya TIV AQShdan qurolli kuchlar bosh qo‘mondoniga mamlakatga kirish man etilganiga izoh berishni talab qildi

Indoneziya TIV AQShdan qurolli kuchlar bosh qo‘mondoniga mamlakatga kirish man etilganiga izoh berishni talab qildi


Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi AQSh rasmiylaridan qurolli qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Gatot Nurmantioga mamlakatga kirish man etilgani sababini tushuntirib berishni talab qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Biz ikki masalaga aniqlik kiritishni istaymiz. Birinchidan, uning AQShga kirishiga taqiq amal qilyaptimi? Ikkinchidan, nima sababdan shunday bo‘lganiga izoh berishni talab qilamiz”, — dedi vazir. 

Shu bilan birga, Marsudi 22-oktabr, yakshanba kuni AQShning Indoneziyadagi elchisi telefon orqali suhbatda yuz bergan holat uchun uzr so‘raganini bildirdi. 

Indoneziya qurolli kuchlari delegatsiyasiga boshchilik qilgan Gatot Nurmantio Jakartadan 21-oktabrda uchib ketishi kerak edi. Biroq Amerika tomoni uni hech qanday izohsiz AQShga borishi man etilgani haqida ogohlantirdi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют