» » AC/DS rok-guruhi asoschilaridan biri Jorj Yang 70 yoshida vafot etdi

AC/DS rok-guruhi asoschilaridan biri Jorj Yang 70 yoshida vafot etdi


Shotlandiyada tug‘ilib-o‘sgan avstraliyalik sozanda Jorj Yang 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktabr, dushanba kuni AC/DS rok-guruhining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi. 

“Yurakda dard bilan sevimli akamiz va ustozimiz Jorj Yangning vafoti haqida ma’lum qilamiz. Uning yordami va rahbarligisiz hech qanday AC/DC bo‘lmasdi”, — deyiladi xabarda. 

Jorj AC/DC asoschilari Malkolm va Angus Yanglarning akasi bo‘lib, guruh prodyuserlaridan biri hisoblanardi. Shuningdek, Avstraliyaning The Easybeats rok-guruhida gitara chalar va qo‘shiqlar matnini yozardi. 

Yanglar Shotlandiyada tug‘ilib-o‘sgan va 1963-yilda Avstraliyaga ko‘chib o‘tgandi. 1964-yilda Jorj The Easybeats guruhiga, 10 yildan so‘ng esa Malkolm va Angus AC/DS guruhiga asos soldi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют