» » Yangi ixtisoslashtirilgan maktabda kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Yangi ixtisoslashtirilgan maktabda kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon natijalariga ko‘ra maktabning ilk o‘quvchilari saralab olinadi, deb xabar beradi O‘zA.

Qabul komissiyasi a’zosi, Toshkentdagi Inha universiteti rektori S. Boboxo‘jayevning aytishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanayotgani nafaqat axborot texnologiyalari mutaxassislari kasb mahoratini oshirishni talab etadi, balki yangi kasblar paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Natijada AKT-loyihalar menejeri, tizim ma’muri, veb-dizayner, 3D-modellari dizayneri, dasturiy ta’minotni sinash bo‘yicha mutaxassis, axborot tizimlari konstruktori kabi mutaxassisliklar nufuzi ortib bormoqda.

Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga matematika, fizika, informatika va chet tillari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi, ular dasturlash, ma’lumotlar bazasini tuzish ko‘nikmasini o‘zlashtiradi va axborot xavfsizligi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni egallaydi. Maktab sinf xonalari va auditoriyalari eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlanadi, bu esa mashg‘ulotlar davomida o‘quv jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiluvchi ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi.

Kirish imtihonlarida ixtisoslashtirilgan va umumiy ta’lim maktablarining 190 ga yaqin o‘quvchisi ishtirok etdi.

Imtihonlar natijasiga ko‘ra, eng ko‘p ball to‘plagan 60 nafar bola 2017—2018-o‘quv yilida 5-sinfdan o‘qish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют