» » Checheniston rahbariyati “Ahmat” jamoasi o‘yiniga tashrif buyurmagan talabalar va rektorlar jazolanishini ma’lum qildi

Checheniston rahbariyati “Ahmat” jamoasi o‘yiniga tashrif buyurmagan talabalar va rektorlar jazolanishini ma’lum qildi


Checheniston rahbariyati “Ahmat” futbol jamoasi o‘yini tomoshabinlarga 100 foiz to‘lishini oliy o‘quv yurtlaridan talab qildi. Talabni bajarmagan talabalar o‘qishdan, rektorlar esa ishdan bo‘shatiladi, deb xabar beradi Meduza.

14-oktabr kuni ikki talaba mahalliy nashrlardan biriga bergan intervyusida “Ahmat” jamoasi “Spartak”dan o‘z uyida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Checheniston davlat universitetida bir qator OTMlar talabalari, dekanlari va rektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tganini ma’lum qilgan edi. Ularning so‘zlariga qaraganda, yig‘ilishda Checheniston hukumati vakili ishtirok etgan.

Hukumat vakili “vatanparvarlik yo‘q”ligidan noligan hamda o‘yinga bormaganlarning ro‘yxatini talab qilgan. Ushbu ro‘yxat asosida rektorlar ishdan, talabalar esa o‘qishdan bo‘shatilishini aytgan.

Yana bir talabaga ko‘ra, 30-oktabr kuni Grozniyda “Anji”ga qarshi o‘tadigan uchrashuvda tribunalar to‘lmagan taqdirda OTM rahbarlarida “katta muammolar” bo‘lishi va’da qilingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 107) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют