» » Avstraliyada yo‘lbars akuladan qo‘rqqan dayver 7,5 kilometr masofani suzib o‘tdi

Avstraliyada yo‘lbars akuladan qo‘rqqan dayver 7,5 kilometr masofani suzib o‘tdi


Britaniyalik dayver Jon Kreyg Avstraliya qirg‘oqlarida suv ostida baliq ovlayotgan vaqtda unga akula hujum qilgan. U o‘z qayig‘ini yo‘qotib qo‘ygan va eng yaqin qirg‘oqdan 7,5 kilometr uzoqlikda qolib ketgan, deb yozmoqda TJournal.

Kreyg suvga sho‘ng‘igach qayig‘idan juda uzoqqa suzib ketgan va yo‘qolib qolgan. Shu vaqtda uning qayiqdagi sherigida muammo yuzaga kelgan: qayiqning dvigateli ishlamay qolgan. Dayver unga akula yaqinlashib kelayotganini sezgach, baqirib, o‘rtog‘ining e’tiborini tortishga harakat qilgan.

Dayver boshini suvning ostiga tushirganda, akula unga juda yaqin bo‘lgan. Kreyg uni qo‘rqitish va masofa saqlab turish uchun suvosti miltig‘idan o‘q uzgan. U qayiqning qaytmasligini tushungan, shuning uchun uning yagona chorasi qirg‘oqqacha suzib borish bo‘lgan.

Kreyg qariyb 10 yil davomida dayving bo‘yicha instruktor bo‘lib ishlagan bo‘lsa ham, bu masofani suzib o‘tish unga anchagina qiyin bo‘lgan. Akula butun masofa davomida uni ta’qib qilgan, biroq hujum qilishga urinmagan.

Kreyg qirg‘oqqa suzib kelganda, uni qutqaruvchilar vertolyoti payqab qolgan. Dayver qirg‘oqqa yetib kelguniga qadar o‘nlab baliqchilar va qayiqning egalari qidiruv ishlarini tashkil qilgan. Qirg‘oqda u o‘z rafiqasi va sherigi bilan uchrashgan.

Kreygning so‘zlariga ko‘ra, u akuladan qancha qo‘rqqan bo‘lsa, uning go‘zalligidan va tabiiy muhitdagi o‘zini tutishidan shunchalik rohatlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 05:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют