» » Chempionlar Ligasida qatorasiga ikki bor zafar quchgan yagona murabbiy Zidan 2017-yilning eng yaxshisi bo‘ldi

Chempionlar Ligasida qatorasiga ikki bor zafar quchgan yagona murabbiy Zidan 2017-yilning eng yaxshisi bo‘ldi


Madridning “Real” klubi ustozi Zinedin Zidan 2017-yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi va The Best sovrini bilan taqdirlandi.

FIFAning The Best Football Awards marosimida Zidanga ikki nafar italiyalik mutaxassis — Massimiliano Allegri hamda Antonio Konte raqobatchi bo‘lgandi. Allegri “Yuventus” bilan Italiya A seriyasida g‘olib chiqdi va Chempionlar Ligasining finaliga qadar yetib keldi. Hal qiluvchi o‘yinda turinliklar aynan Zidan boshqaruvidagi “Real”dan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi — 1:4.

Antonio Konte esa APLga tashrifining birinchi mavsumidayoq Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning boshqaruvidagi “Chelsi” o‘tgan mavsum xalqaro maydonda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, yakunda APL chempioni sifatida o‘z qaddini tiklab oldi.

Zinedin Zidan “Real”ni 5 yil kutilgan Ispaniya chempionligi sari boshlab keldi. Bungacha “Atletiko” bir marta La Ligada zafar quchgan bo‘lsa, qolgan sovrinlar Kataloniyaga yo‘l olayotgandi. Shuningdek, Zidan Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchishni uddaladi. Unga qadar hech bir murabbiyga bunday baxt nasib qilmagan. Masalan, afsonaviy Ser Aleks Fergyuson ham finalga ikki bor ketma-ket yetib kelgan, biroq ularning birida imkoniyatni boy bergandi.

Fransiyalik sobiq futbolchi va ayni paytdagi TOP murabbiy Zidan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ham g‘olib chiqishni uddalay olgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют