» » Janluiji Buffon 39 yoshida FIFA tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi

Janluiji Buffon 39 yoshida FIFA tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi


Italiya milliy terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffonni FIFA 2017-yilning eng yaxshi posboni sifatida tan oldi va uni The Best sovrini bilan taqdirladi.

39 yoshli Buffon bu borada “Real Madrid” posboni Keylor Navas hamda “Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer bilan raqobat hosil qilgandi. Ovoz berishda qatnashganlar eng ko‘p bor Buffon nomini qayd etdi.

Mazkur darvozabon Chempionlar Ligasining finaligacha jamoasi “Yuventus”ni olib keldi. Garchi u finalda “Real”dan 4 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, ovoz beruvchilar Buffonning finalgacha bo‘lgan qahramonliklari haqida unutmadi. Zero u guruh bosqichidagi jami 5 ta bellashuvda 2 tagina gol o‘tkazib yubordi. Keyinroq esa pley-offning 6 ta o‘yinida faqatgina 1 marta darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Bu ko‘rsatkichlaridan keyin Buffonning “Oltin to‘p” va The Best uchun kurashishi ham tahmin qilingandi. Biroq unga “Yuventus”ning finalda mag‘lub bo‘lgani halal berib qoldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют