» » O‘FF “yil zo‘ravoni” sifatida tanilayotgan Oybek Qilichevni 1 yilga futboldan chetlatdi

O‘FF “yil zo‘ravoni” sifatida tanilayotgan Oybek Qilichevni 1 yilga futboldan chetlatdi


Namanganning “Navbahor” klubi futbolchisi Oybek Qilichev O‘FF tomonidan 1 yilga futboldan chetlatildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati Intizom Qo‘mitasi hamda Ijroiya Qo‘mitasi Byurosi qaroriga asoslanib, ma’lumot berdi.

Oybek Qilichev O‘zbekiston Oliy Ligasining 25-turidan joy olgan “Qo‘qon—1912”ga qarshi bellashuvda raqibini tirsagi bilan urib yiqitgani uchun maydondan chetlatilgan, keyin esa alamiga chiday olmay, yotgan raqibini tepib, maydondan chiqib ketgandi. Uning shu harakatlariyoq jiddiy jazoga sabab bo‘lishi kutilayotgandi. Ammo O‘FF bunda Qilichevning bungacha qilgan humacha qiliqlarini ham unutmaslikni lozim deb topdi.

Sababi, “Navbahor” futbolchisi shu yilning 12-aprelida va 24-mayida ham zo‘ravonligi uchun intizomiy choralarga duchor etilgandi. Jumladan, u Oliy Liganing “Buxoro”ga qarshi safarda bo‘lib o‘tgan o‘yinida raqib futbolchisi Ergash Ismoilovning yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgandi. Oxir-oqibat O‘FF unga 1 yillik jazoni loyiq ko‘rdi. Qo‘shimchasiga, Qilichevning bo‘yniga 10 millionlik jarima “ilib qo‘yildi”. Jarima qancha muddat ichida to‘lanishiga oydinlik kiritilmagan.

Oybek Qilichev O‘zbekiston boks termasi murabbiyi To‘lqin Qilichevning ukasi hisoblanadi. Shu yilning may oyida Oybek boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining eng og‘ir vaznli sportchisi Bahodir Jalolovning singlisiga uylangandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют