» » O‘zbekistonda kredit tashkilotlarining aktivlari 200 mlrd so‘mga yetdi

O‘zbekistonda kredit tashkilotlarining aktivlari 200 mlrd so‘mga yetdi


O‘zbekistonda 2017-yil 1-oktabr holatiga nobank kredit tashkilotlarining aktivlari salkam 200 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur tashkilotlar kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 178,4 milliard so‘m, jami kapitali 153,4 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2017-yil 1-oktabrdan yangi tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2 milliard so‘m, lombardlar uchun esa 500 million so‘m miqdorida belgilandi.

Faoliyat yuritayotgan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2019-yil 1-yanvariga qadar ustav kapitalini belgilangan eng kam miqdorga yetkazishlari lozim.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 76 ta nobank kredit tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 30 tasi mikrokredit tashkiloti, 46 tasi lombarddir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют