» » Galaxy Note 8 — Samsung’ning O‘zbekistonda sotilayotgan eng qimmat smartfoni

Galaxy Note 8 — Samsung’ning O‘zbekistonda sotilayotgan eng qimmat smartfoni


Atlas Research & Consulting tadqiqot kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Galaxy Note 8 flagmani o‘z mamlakatida mashhurlikka erishishni davom etmoqda. Bu haqda DailyComm nashriga tayanib, “Mobinfo.uz” xabar berdi.

Ekspertlarning baholashicha, Samsung har kuni o‘z mamlakatida 10—20 ming dona yangi fabletlarini sotmoqda. Shuningdek, oktabr oyining ikkinchi haftasi natijalariga ko‘ra, Galaxy Note 8’ning 64 bitli versiyasi Janubiy Koreyada eng ko‘p sotilgan smartfonga aylangan — sotilgan barcha qurilmalarning 28,3 foizini aynan shu model tashkil qilmoqda. Strategy Analytics ekspertlarining fikricha, Samsung kompaniyasi 2017-yilning oxiriga qadar Galaxy Note 8’dan 10 million dona sotishi mumkin.

Galaxy Note 8 O‘zbekistonda sotilayotgan Samsung smartfonlari ichida eng qimmati deya baholanmoqda. Uning 64 gigabayt ichki xotiraga ega versiyasi 6 927 500 so‘mdan sotilmoqda. Galaxy S8 smartfonining narxi esa 5 256 750 so‘mni, o‘tgan yilgi Galaxy S7 Edge flagmani esa taxminan 3 993 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют