» » Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 1,5 yoshli Umidjon davolanish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi

Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 1,5 yoshli Umidjon davolanish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi


Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 1,5 yoshli Umidjon davolanish uchun otasi bilan 22-oktabr kuni Moskvaga jo‘nab ketdi.

Avvalroq, “Tug‘ma yurak nuqsoni. O‘pka arteriyasi areziyasi. Ochiq arterial protok” kasalligi bilan tug‘ilgan Umidjon Abduhakimov yordamga muhtojligi borasida xabar berilgandi.

Jarrohlik amaliyotini O‘zbekistonda o‘tkazishning imkoni yo‘qligi sabab Umidjon Moskva shahriga, mashhur jarroh Leo Bokeriya qo‘li ostida davolanish uchun 22-oktabr kuni otasi bilan birga uchib ketdi.

Umidjonning otasi Sharofiddin Jalilovning “Kun.uz” nashriga bildirishicha, nafaqat O‘zbekiston, balki chet davlatlarda istiqomat qiluvchi vatandoshlar ham yordam qo‘lini cho‘zishgan. Ma’lum qilinishicha, lozim bo‘ladigan mablag‘ning yarmi bank plastik kartasiga tushirib berilgan bo‘lsa, jarrohlik amaliyoti, shifoxona xarajatlari uchun talab etiladigan taxminan 45 million so‘mni fuqarolardan biri to‘liq o‘zi to‘lab bergan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют