» » Armanistonda rossiyalik harbiy xizmatdoshini otib qo‘ydi va o‘z joniga qasd qildi

Armanistonda rossiyalik harbiy xizmatdoshini otib qo‘ydi va o‘z joniga qasd qildi


Armanistonda rossiyalik harbiy avtomatdan xizmatdoshini otib qo‘ydi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“23-oktabr kuni Alagyaz poligonida (Armaniston) mashg‘ulotlardan keyin qurolni topshirish chog‘ida harbiy xizmatchi xavfsizlik talablarini qo‘pol ravishda buzdi va beixtiyor avtomatdan o‘q uzib, xizmatdoshini halokatli darajada yaraladi. Qilmishi va xizmatdoshining o‘limi uchun javobgarlikdan cho‘chib, o‘zini ham otib o‘ldirdi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Hodisa tafsilotlarini batafsil o‘rganish uchun voqea joyida Janubiy harbiy okrug komissiyasi ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, Armanistonning Gyumri shahrida Rossiyaning 102-harbiy bazasi joylashtirilgan. 2010-yili Rossiya va Armaniston bazaning faoliyat muddatini 2044-yilgacha uzaytirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют