» » Mo‘g‘ulistonda alpinistlar bedarak yo‘qoldi

Mo‘g‘ulistonda alpinistlar bedarak yo‘qoldi


Mo‘g‘ulistonning Otgontenger tog‘ hududida bedarak yo‘qolgan alpinistlar qidirilmoqda, deb yozadi “Kazinform”.

Otgontenger Xangay tog‘ hududining eng baland tog‘i bo‘lib (dengiz sathidan 4 021 metr baland), muqaddas hisoblanadi.

22-oktabr kuni favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Otgontenger tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan odamlarning bedarak yo‘qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Sport ustasi N.Surenjav rahbarligida 27 kishi tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Ulardan o‘n nafari tog‘ cho‘qqisidan tushishga erishgan. Qaytish davomida qor ko‘chishi oqibatida 17 kishi bedarak yo‘qolgan. Ko‘rish cheklanganligi tufayli qidiruv operatsiyasi 23-oktabr, tonggi oltida boshlangan.

Qidiruv ishlari natijasida qutqaruvchilar 3 200—3 450 metr balandlikda o‘n nafar yo‘qolgan alpinist jasadini topgan. Hozirgi paytda alpinistlar guruhining qolgan a’zolarini qidirish ishlari davom etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют