» » Toshkentdagi Ozarbayjon madaniyat markazida gilamlar ko‘rgazma zali ochildi (foto)

Toshkentdagi Ozarbayjon madaniyat markazida gilamlar ko‘rgazma zali ochildi (foto)


23-oktabr kuni Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida “Olovlar mamlakatining naqshlari” mavzusidagi Ozarbayjon gilamlari zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda madaniyat markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ozarbayjon madaniyat markazi mamlakatning milliy ramziga aylangan gilam san’atini namoyish etdi.

Madaniyat markazining yangi ochilgan zalidan Ozarbayjon gilamlari, milliy kiyim va bosh kiyimlari, milliy cholg‘u asboblari o‘rin olgan.

Tadbirda ishtirokchilarga Ozarbayjon gilam san’ati, uning tarixi, bezaklari haqidagi videorolik namoyish etildi.

Madaniyat markazida doimiy ravishda faoliyat yuritadigan ko‘rgazmadan Ozarbayjonning yettita asosiy gilamchilk maktablarining ishlari bilan tanishish mumkin.

Ochilish marosimida madaniyat markazi direktori Samir Abbosov so‘zga chiqib gilamlar Ozarbayjonda keng tarqalgan san’at turlaridan biri ekanligi va ularda millatning buyuk iste’dodi aks etishini qayd etdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют