» » Sergey Shoygu: IShID Suriya hududining 5 foiziga egalik qilmoqda

Sergey Shoygu: IShID Suriya hududining 5 foiziga egalik qilmoqda


IShID terrorchilik tashkiloti Suriyaning 5 foiz hududini nazorat qilmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Mudofaa vaziri bu haqda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari assosiatsiyasiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining to‘rtinchi majlisida ma’lum qilgan.

“Bugun IShID Suriya hududining besh foizi ustidangina nazorat o‘rnatgan. Rossiya havo-kosmik kuchlari operatsiya boshlagunga qadar ya’ni 2015-yilning sentabr oyigacha Suriya hududining 70 foizi IShID tasarrufida edi”, — deydi Shoygu.

U 2015-yildan beri Suriyada 998 ta shahar ya’ni 503 ming kvadrat kilometr hudud ozod etilganini qayd etdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 1,126 million kishi doimiy yashash joyiga qaytib kelgan, ulardan 660 ming kishi 2017-yilning o‘tgan oylarida qaytgan.

“Ziddiyatli tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazining aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati tufayli Suriyadagi 2,5 mingta aholi yashash punktlari yarashish jarayoniga bosh qo‘shgan”, —deya qo‘shimcha qildi Sergey Shoygu.

Mudofaa vaziri o‘z nutqida o‘tgan davr mobaynida 200 dan ortiq neft va gaz koni hamda 184 ta neftni qayta ishlash zavodi yo‘q qilinganini ham aytib o‘tdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют