» » Qoraqalpog‘iston madaniyat vazirligi tizimidagi 11 nafar rahbar xodim vazifasidan ozod etildi

Qoraqalpog‘iston madaniyat vazirligi tizimidagi 11 nafar rahbar xodim vazifasidan ozod etildi


22-oktabr kuni Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari, tizim tashkilotlar rahbarlari, jumladan, madaniyat va aholi dam olish markazlari, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Yig‘ilishda sohada mavjud kamchiliklar, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar, kelajakdagi ish rejalar bo‘yicha fikr mulohazalar yuritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida teatr, muzey, Ayqulash, Amuto‘lqun, Gulzar ansambllarini yangilash, madaniyat va istirohat bog‘lari, madaniyat tizimining barcha tashkilotlari faoliyati atroflicha tahlil va tanqid qilindi.

Vazir tomonidan ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, vazifalarni to‘liq bajara olmayotgan xodimlar va rahbar kadrlar lavozimidan ozod etildi, ko‘pgina tashkilot vakillariga qat’iy ogohlantirish berildi. Xususan, vazirlik kesimida uch nafar xodim, tizim tashkilotlaridan 11 nafar rahbar xodim, shulardan, badiiy ekspertizaning rahbari, ta’lim muassasalarining to‘rt nafar direktorlari, madaniyat va aholi dam olish markazlaridan olti nafar rahbarlari o‘z vazifasidan ozod etildi.

Foto: “KRuz.uz”

Madaniyat va san’at sohasida jonbozlik ko‘rsatgan xodimlar esa vazirlik tomonidan so‘nggi rusumdagi qimmatbaho texnika vositalari sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют