» » Chilonzorda uch nafar Bangladеsh fuqarosi qurolli hujumga uchradi

Chilonzorda uch nafar Bangladеsh fuqarosi qurolli hujumga uchradi


22-oktabr kuni Toshkentda fuqarolar D. Rustamova, F. Jomalov va yana uch noma’lum shaxs bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.

Aytilishicha, ular Chilonzor tumanida Bangladeshning uch nafar fuqarosiga hujum qilib, pichoq bilan qo‘rqitib, ularning 4400 dollarlik mol-mulklari, shuningdek, 700 dollar va 500 ming so‘m miqdoridagi pulini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (bosqinchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ancha miqdordagi o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют