» » Prokuratura Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha ayblanuvchiga olti yillik qamoq jazosi so‘radi

Prokuratura Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha ayblanuvchiga olti yillik qamoq jazosi so‘radi


Davlat ayblovchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan sud majlisida aybdor Islombek To‘laganovga nisbatan olti yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘radi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Islom To‘laganov jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (104-moddasi 3-qismi “d” bandi) bilan ayblanmoqda. U o‘z aybini tan olmadi.

“Inson hayoti va salomatligi bebaho boylikdir, uni bu boylikdan mahrum qilish va ziyon yetkazish — haqiqiy fojia. Inson salomatligiga raxna solish, unga jismonan, ma’nan ziyon yetkazish hayotni cheklaydi. Ba’zi insonlar insonning yashash huquqi va erkin faoliyatidan mahrum qiladigan jinoyat sodir etadi. Shunday fuqarolardan biri hozir sud zalida temir panjara ortida o‘tirgan Islombek To‘laganovdir”, — dedi davlat ayblovchisi, Mirobod tuman prokurori yordamchisi Baxtiyor Akromov.

Uning qayd etishicha, guvohlarning ko‘rsatmalari, sud-tibbiyot va biologik ekspertiza xulosalari, O‘rta maxsus ta’lim markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar hamda daliliy ashyolar sudlanuvchining aybini to‘la isbotlamoqda.

“Sudlanuvchining shaxsi, yetkazilgan ziyonning darajasi va ahamiyati, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi jihatlarni hisobga olib, Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) bilan To‘laganovga olti yil qamoq jazosini tayinlanishini so‘rayman”, — dedi Akromov.

Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki sud eshituvi 26-sentabr kuni Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida boshlandi. Sud majlisi ochiq tarzda o‘tkazildi.

27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan sudning navbatdagi majlisida marhumning onasi Nilufar Aliyeva so‘zga chiqadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют