» » Moldova mudofaa vazirini tayinlash haqidagi farmonni prezident Dodon o‘rniga parlament spikeri imzolashi ma’lum bo‘ldi

Moldova mudofaa vazirini tayinlash haqidagi farmonni prezident Dodon o‘rniga parlament spikeri imzolashi ma’lum bo‘ldi


Moldova mudofaa vazirini tayinlash haqidagi farmonni prezident o‘rniga parlament spikeri Andrian Kandu imzolaydi. Bu haqda NM xabar bermoqda.

Parlament matbuot xizmatiga ko‘ra, Kandu prezident Igor Dodon nomzodini ikki bor qaytargan Yeujen Sturzani vazir etib tayinlash haqidagi farmonni 24-oktabr kuni imzolashi kutilmoqda. Bungacha prezident ma’muriyatidan parlamentga barcha hujjatlar yetkazib berilishi lozim. Farmon imzolansa, Sturza o‘sha kunning o‘zida qasamyod keltirishi va vazifasiga kirishishi mumkin.

Moldova konstitutsiyaviy sudi 20-oktabrda hukumatning mudofaa vaziri nomzodini ma’qullashda vaqtincha prezident vazifasini bajarish o‘zini oqlaydigan holatlarni belgilash haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, hukumat suddan bu vazifani bajaradigan shaxsni belgilashni so‘radi.

Sud Igor Dodon konstitutsiyaviy majburiyatlarining bajarishdan bosh tortgani, jumladan, bosh vazir taqdim etgan nomzodni ma’qullashni rad etgani davlat rahbari vazifasi vaqtincha bajarilishi o‘zini oqlaydigan holat deb topdi. Mudofaa vazirini spiker yoki bosh vazir prezident roziligi va ishtirokisiz tayinlashi mumkinligi haqida qaror qabul qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют