» » Toshkentda Latviyaga sayohatga yuborish vaji bilan 2750 dollarni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Toshkentda Latviyaga sayohatga yuborish vaji bilan 2750 dollarni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi


Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda Latviyaga sayyohatga yuboraman, deb fuqaroning 2750 AQSh dollari va 300 000 so‘m pulini aldab olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 23-oktabr kuni soat 20:54 da joriy yilning 15-may kuni 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan I.A Lashkarbegi ko‘chasida joylashgan Latviya davlati elchixonasi oldida 1982-yilda tug‘ilgan Buxoro viloyatida yashovchi R.Xga mazkur davlatga sayohatga borish uchun viza olib berishni va’da qilib, 2750 AQSh dollari va 300 000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlanib ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.Aga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют