» » Shavkat Mirziyoyev tomonidan kеskin tanqid qilingan Uchtepadagi maktab ta’mirdan chiqdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev tomonidan kеskin tanqid qilingan Uchtepadagi maktab ta’mirdan chiqdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Toshkent shahar Uchtepa tumaniga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida 78-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini qattiq tanqid qilgan edi.

Ushbu maktab to‘liq qayta ta’mirdan chiqdi. 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan maktabning ochilish marosimida xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishtirok etdi. “Telegraf.uz” nashri mazkur tadbirdan fotolavhalarni taqdim etdi.

O‘zAning yozishicha, yangicha ko‘rinishda rekonstruksiya qilingan maktab binosida o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Maktab kutubxonasi fondi zarur darslik va adabiyotlar bilan boyitilgan. Informatika xonasida o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishi uchun sharoit mavjud, kompyuterlar Ziyonet tarmog‘iga ulangan. Sinfxonalar zamonaviy tarzda jihozlangan. Kimyo, biologiya xonalari laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

“Hozirgi kunda 1 139 o‘g‘il-qiz ta’lim olayotgan maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida sport zali va sport maydonchasi zamon talablari darajasida ta’mirlanib, zarur sport anjomlari va inventarlari bilan to‘liq jihozlandi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют