» » Erdo‘g‘on Suriyaning Afrin mintaqasida kurdlar ustiga yurish uyushtirilishini e’lon qildi

Erdo‘g‘on Suriyaning Afrin mintaqasida kurdlar ustiga yurish uyushtirilishini e’lon qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat qo‘shinlari Suriya shimoli-g‘arbida, Idlib viloyatida o‘tkazgan operatsiya amalda yakunlanganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Aleppo viloyatining Afrin mintaqasida kurd kuchlarining mavjudligi hali ham muammo bo‘lib qolayotganini ta’kidladi, deb xabar beradi “RBK”.

24-oktabr kuni hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlament fraksiyasi oldida chiqish qilar ekan, Erdo‘g‘on deputatlarga Turkiya rahbariyati “mamlakatga qarshi tahdidlarni yo‘q qilmoqchi” ekanligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘on G‘arb mamlakatlarini kurdlarni qo‘llab-quvvatlashda yana bir bor aybladi.

Uning axborotiga ko‘ra, kurd militsiyasi — YPG otryadlari AQShdan kamida 3,5 ming yuk mashinasida qurol-yarog‘ olgan va Anqaraning e’tirozlari Oq uyni to‘xtatmagan.

Turkiya armiyasi 8-oktabrdan buyon Idlibda operatsiya o‘tkazmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют