» » Toshkentda turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Spark keksa ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

Toshkentda turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Spark keksa ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi


Toshkentda 24-oktabr, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:10 atrofida Moliya instituti binosi oldida inson o‘limi bilan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, 1970-yilda tug‘ilgan Turkiya fuqarosi boshqaruvidagi Spark katta tezlikda 60—70 yosh oralig‘idagi ayolni urib yuborgan.

“Bundan tashqari, haydovchi to‘qnashuv yuz berganidan so‘ng, avtomobilni zudlik bilan to‘xtata olmagan va jabrlanuvchi ayolni taxminan 15—20 metr davomida sudrab borgan”, — deyiladi UzNews xabarida.

Jabrlanuvchi ayol olgan jarohatlari sabab hodisa joyida vafot etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют