» » Shavkat Mirziyoyev Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashishi kutilmoqda


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25—26-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkiya Respublikasiga boradi. Mazkur tashrif O‘zbekiston davlat rahbarining Turkiyaga oxirgi 18 yil ichidagi ilk tashrifiga aylanadi. Tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashadi, deb yozadi “Azon.uz”.

Tashrifning birinchi kuni, ya’ni 25-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan yuzma-yuz va kengaytirilgan ko‘rinishdagi uchrashuvlarni o‘tkazadi. Bu uchrashuvlar davomida ikki davlat hamkorligi borasida bir qancha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Buyuk Milliy Majlisi (parlament) yig‘ilishida ishtirok etishi hamda uning spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют