» » Sobchak uni Qrim Ukrainaga tegishliligi haqidagi gapi uchun sud qilib bo‘lmasligini aytdi

Sobchak uni Qrim Ukrainaga tegishliligi haqidagi gapi uchun sud qilib bo‘lmasligini aytdi


Rossiya prezidenti saylovida qatnashish rejalari haqida e’lon qilgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak uni Qrim haqidagi gaplari uchun sud qilib bo‘lmasligini aytdi, deb yozadi “RBK”.

Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, qonunga muvofiq, odamni ajralib chiqish yoki hududiy yaxlitlikni buzishga qaratilgan da’vatlari uchun sudga berish mumkin. “Qonunda faktni qayd qilish va hatto davlatniki bilan mos tushmaydigan o‘z fikrini izhor etish haqida hech narsa deyilmagan”, — dedi u.

“Meni buning uchun sud qilib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Sobchak va buning uchun sudlanganlarning barchasi “siyosiy mahbus va aybsiz” ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

24-oktabr kuni o‘z matbuot anjumanida Sobchak Qrimni xalqaro huquq nuqtai nazaridan Ukrainaga tegishli deb aytgan edi. “Biz o‘z va’damizni buzdik, biz 1994-yilgi Budapesht memorandumini buzdik. Biz va’da bergan edi va bu va’dani bajarmadik”, — dedi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют