» » AQSh Senati qo‘mitasi xorijda kuzatuv olib borish haqidagi qonun muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi

AQSh Senati qo‘mitasi xorijda kuzatuv olib borish haqidagi qonun muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi


AQSh Kongressi Senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi Amerika maxsus xizmatlari tomonidan xorijda kuzatuv olib borilishi haqidagi qonunning amal qilishi 2025-yil oxirigacha uzaytirilishini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi “TASS”. Buni yoqlab qo‘mitaning 12 a’zosi ovoz berdi, uch kishigina qarshi chiqdi.

2008-yilda qabul qilingan “Tashqi razvedka manfaatlari yo‘lida yashirincha kuzatuv haqidagi qonun” razvedkaga mamlakat tashqarisida ham chet elliklar haqida ma’lumot to‘plash imkonini beradi. Bunday dasturlar mavjudligi haqida Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden 2013-yilda taqdim etgan hujjatlardan keyin keng ommaga ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qonun Senatda qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa-da, ba’zi qonun chiqaruvchilar uni amerikaliklarga qarshi qo‘llash imkoniyati borasida shubhalar bildirishda davom etmoqda.

Shuningdek, qo‘mita maxfiy axborotni tarqatib yuborganlik uchun jazoni qat’iylashtirish haqidagi tuzatishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, buning uchun jazoni hozirgi bir yil o‘rniga o‘n yillik qamoqqa o‘zgartirish taklif etilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют