» » Turkiyalik ota qizi unga aytmasdan unashtirilgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘zini o‘ldirdi

Turkiyalik ota qizi unga aytmasdan unashtirilgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘zini o‘ldirdi


Turkiyalik ota qizining unashtirilganidan xabar topgach, xafa bo‘lib, Facebook Live to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi New York Post.

Turkiyaning Kayseri shahrida yashovchi 54 yoshli Ayxan Uzun foydalanuvchilarga yoshlar undan to‘y uchun ruxsat so‘ramagani va o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilgani sababli, o‘z hayotiga nuqta qo‘ymoqchiligini aytgan.

“Meni bunday ahvolga olib kelganlar dafn marosimimga kelishini istamayman”, — degan u.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, “qizining hayotidagi eng quvonchli kun” — uning unashtiruvi haqida unga qo‘ng‘iroq qilgan xotini orqali xabar topgan. “Hech kim mendan so‘ramadi. Hech kim menga erkak kishiday munosabatda bo‘lmaydi”, — deb aytgan u.

Erkakning qo‘lidagi to‘pponchani ko‘rgan foydalanuvchilar uni bu yo‘ldan qaytarishga uringan, ammo u o‘zi hozir his qilayotgan azobni hech kimga ravo ko‘rmasligini aytgach, barcha bilan xayrlashib, tepkini bosgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют