» » Liga Kubogi. “Siti”ni to‘xtatadigan klub topildi. “Yunayted” va “Arsenal” chorak finalda

Liga Kubogi. “Siti”ni to‘xtatadigan klub topildi. “Yunayted” va “Arsenal” chorak finalda


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining nimchorak finali doirasidan o‘rin olgan 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yana ikki o‘yin bugun — 25-oktabr kuniga tayin qilingan. Unda “Chelsi” va “Tottenhem” chorak final sari harakat qiladi.

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Siti” mavsum boshidan buyon qarshisidan chiqqan raqibni “savalab” kelayotgandi. “Shaharliklar” sal qolsa quyi liganing “Vulverhemton” klubi dovonidan o‘ta olmasligi mumkin edi. Uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. Mehmonlar ikki noaniq zarba berganidan so‘nggina uchrashuv taqdiri hal bo‘ldi. Chili termasining penaltilar seriyasidagi najotkori Klaudio Bravo, bu safar “Siti”ga ham omad keltirdi.

“Arsenal” esa qo‘shimcha daqiqalarda to‘p surishga majbur bo‘ldi. Arsen Venger London klubini qabul qilib olganidan 3 yil o‘tib dunyoga kelgan futbolchi — Edvard Nketia “to‘pchilar” joniga oro kirdi.

Joze Mourinyoning “Yunayted”i Uelsda tavakkal qilib o‘tirmadi va asosiy vaqtdayoq masalani hal qila oldi. O‘tgan bosqichda “Liverpul”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Lester”, bu safar ham 2 ta gol farqi bilan zafar quchib, chorak finalga yo‘l oldi.

Angliya Liga Kubogi
1/8 final bosqichi
24-oktabr, seshanba

Gollar: Jessi Lingard, 21 (0:1). Jessi Lingard, 59 (0:2).

Gollar: Josh Myorfi, 34 (0:1). Edvard Nketia, 85 (1:1). Edvard Nketia, 96 (2:1).

Gollar: Pablo Ernandes, 26 (0:1). Kelechi Ixeanacho, 30 (1:1). Islam Slimani, 71 (2:1). Riyod Mahrez, 88 (3:1).

Gollar: Jek Simpson, 49 (1:0). Markus Tavernyer, 56 (1:1). Kallum Uilson, 75-pen (2:1). Benik Afobe, 83 (3:1).

Gollar: Bakari Sako, 21 (0:1). Mett Teylor, 34 (1:1). Milan Jurich, 39 (2:1). Jo Brayan, 60 (3:1). Kallum O’Douda, 66 (4:1).

25-oktabr, chorshanba
“Tottenhem” — “Vest Hem”
“Chelsi” — “Everton”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют