» » Dortmund “Borussiya”si keyingi bosqichda. Bugun “Bavariya” va Yupp Xaynkesni jiddiy sinov kutadi

Dortmund “Borussiya”si keyingi bosqichda. Bugun “Bavariya” va Yupp Xaynkesni jiddiy sinov kutadi


Peter Bosh boshchilik qilayotgan va o‘zining so‘nggi o‘yinlarida muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qolgan Dortmundning “Borussiya” klubi Germaniya Kubogida yirik g‘alabaga erishdi.

Bundesliganing ketma-ket ikki turida zafar quchgan Yupp Xaynkes boshqaruvidagi “Bavariya”, raqibi “Borussiya” bilan ochkolar soni bo‘yicha tenglashib olgandi. Endilikda mazkur klubni Germaniya Kubogida jiddiy sinov kutib turibdi. O‘tgan mavsumni vitse-chempion sifatida yakunlagan, joriy mavsum ham niyati jiddiy ekanini ko‘rsatib, Dortmundda “Borussiya” darvozasiga 3 ta gol urgan “Leyptsig” o‘z maydonida Myunxen klubini mehmon qiladi.

Germaniya Kubogi
1/16 final
24-oktabr, seshanba

Gollar: Gonsalo Kastro, 42 (0:1). Aleksandr Isak, 47 (0:2). Andrey Yarmolenko, 73-pen (0:3). Mark Bartra, 79 (0:4). Shinji Kagava, 90 (0:5).

25-oktabr, chorshanba
“Leyptsig” — “Bavariya”
“Verder” — “Xoffenxaym”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют