» » AQShda aktivist Donald Trampga Rossiya bayroqchalarini otdi va “Tramp — sotqinlik” deb baqirdi (video)

AQShda aktivist Donald Trampga Rossiya bayroqchalarini otdi va “Tramp — sotqinlik” deb baqirdi (video)


AQSh Kongressi joylashgan Kapitoliyda senator Mitch Makkonnell bilan birgalikda respublikachilar bilan uchrashuvga ketayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp tomonga aktivist bir nechta Rossiya bayroqchalarini uloqtirdi, deb yozadi Meduza.

Shu bilan birga aktivist “Tramp — sotqinlik!” deb baqirdi. Hodisadan keyin uni politsiya qo‘lga oldi, uni qonunga zid bo‘lgan xulqda ayblashmoqda.

Aktivist Americans Take Action harakatining ishtirokchisi Rayan Kleyton bo‘lib chiqdi. Bu uning Rossiya bayrog‘i ishtirokidagi birinchi aksiyasi emas — fevralda u Tramp nutq so‘zlagan konservativ konferensiya qatnashchilariga Rossiya bayroqchalarini tarqatib chiqqan edi, iyulda esa “Mening Rossiya bayrog‘imga dastxat yozib ber” degan baqiriq bilan Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushnerning yo‘lini to‘sishga uringan edi.

Russian flags thrown at @realDonaldTrump as he arrives at U.S. Capitol pic.twitter.com/J1SdrK62MF

— Business Insider (@businessinsider) October 24, 2017

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют