» » Joze Mourinyodan keyin “Inter”ni Luchano Spaletti ko‘tarishni boshladi. Milanliklar rekordni takrorladi

Joze Mourinyodan keyin “Inter”ni Luchano Spaletti ko‘tarishni boshladi. Milanliklar rekordni takrorladi


Milanning “Inter” klubi A seriya turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi. Chempionatning 10-turini aynan Luchano Spaletti jamoasi boshladi va “Sampdoriya”ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalgi turda “Inter” yo‘qotishlarsiz kelayotgan “Napoli”dan ochko tortib olib, 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Shu tariqa Milan shahri jamoasi 10 ta turda 26 ochko to‘plab, o‘z rekordini takrorladi. Jamoa 1997/98-yilgi mavsumda ham 10 ta turda 26 ochko to‘plashning uddasidan chiqa olgan.

“Inter” navbatdagi 5 turni chempionlik uchun kurashishi tahmin qilingan klublarga qarshi emas, o‘rtamiyonalarga qarshi o‘tkazadi. Demak, jamoada rekordni yangilash uchun imkoniyatlar yetarlicha.

Milan shahri jamoasi bungacha “Fiorentina” (3:0), “Roma” (3:1), “Milan” (3:2) kabi yetakchilarini taslim qila oldi. “Napoli” bilan esa golsiz durang o‘ynadi. Spaletti jamoasi amaldagi chempion “Yuventus” bilan 10-dekabr kuni to‘qnash keladi.

Bugun — 25-oktabr kuni 10-turning qolgan o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Sport-TV ularning 2 tasini jonli namoyish etadi. “Inter” so‘nggi bor 2010-yil chempionlikni qo‘lga kiritib, ketma-ket 5 chempionlikni rasmiylashtirgan. 2010-yil, shuningdek, Chempionlar Ligasida zafar quchgan. Jamoani o‘sha vaqtda Joze Mourinyo boshqarardi.

Italiya A seriyasi
10-tur bellashuvlari
24-oktabr, seshanba

Gollar: Milan Shkrinyar, 18 (1:0). Mauro Ikardi, 32 (2:0). Mauro Ikardi, 55 (3:0).David Kovnatski, 64 (3:1). Fabio Kvalyarella, 85 (3:2).

25-oktabr, chorshanba
“Atalanta” — “Verona” — 21:30 Sport-TV
“Roma” — “Krotone” — 23:45
“Yuventus” — “Spal” — 23:45 Sport-TV
“Jenoa” — “Napoli” — 23:45
“Fiorentina” — “Torino” — 23:45
“Kyevo” — “Milan” — 23:45
“Bolonya” — “Latsio” — 23:45

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют