» » AQSh Davlat departamenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar ijrosidagi kechikish sabablariga aniqlik kiritdi

AQSh Davlat departamenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar ijrosidagi kechikish sabablariga aniqlik kiritdi


Davlat departamenti Rossiya mudofaa va razvedka sektorlari bilan bog‘liq shaxslar va tashkilotlarni aniqlash ustida ishlamoqda, bajarish muddatidagi uzilish esa jarayon murakkabligi bilan bog‘liq. Bu haqda Davlat departamenti vakili Xizer Hauert matbuot-brifingida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Uning so‘zlariga qaraganda, bunday shaxs va tashkilotlarning aniqlanishi ularning yangi sanksiyalarga tortilishiga olib kelishi mumkin. Davlat departamenti “jarayonni yakunlash ustida ishlamoqda”. “Buning ustida ishlayotgan odamlarning ma’lum qilishicha, bu ancha murakkab jarayon va u bir muncha vaqtni talab qilishi mumkin”, — deya aniqlik kiritdi Nauert.

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan 2-avgust kuni imzolangan Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun u imzolangandan keyingi ikki oy davomida prezident normativ-huquqiy akt chiqarishi kerakligini ko‘zda tutadi. Akt Rossiyaning qaysi shaxs va tashkilotlarini mamlakat mudofaa va razvedka sektori bo‘lagi deb hisoblashga aniqlik kiritishi kerak.

Avvalroq senatorlar Jon Makkeyn va Ben Kardin Rossiyaga qarshi sanksiyalar ijrosidagi kechikish yuzasidan norozilik bildirib, AQSh prezidenti ma’muriyatiga murojaat qilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 11:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют